Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vrach doimiy uyqusirashning xavfli tomonlarini aytdi

Vrach doimiy uyqusirashning xavfli tomonlarini aytdi

Doimiy uyquchanlik, uyqusirash sog‘liqdagi jiddiy muammolarini ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda somnolog, Moskva davlat universitetining uyqu tibbiyoti markazi rahbari Aleksandr Kalinkin ma’lumot berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uyquga bo‘lgan ehtiyojning ortishi yurak-qon tomir, yallig‘lanish kasalliklari, 2-toifa diabet bilan og‘rigan odamlarda kuzatilishi mumkin.

Shu bilan birga, somnologning ta’kidlashicha, odam tungi uyquning yetishmasligini shunchaki qoplashi mumkin.

Mutaxassis shuningdek, Yangi yil bayramidagi dam olish kunlarida iloji boricha ko‘proq uxlab olishni maslahat berdi. 

Avvalroq shifokor mandarinning foydali xususiyatlarini ma’lum qilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring