Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishdan ketgani xabar qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishdan ketgani xabar qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishdan olingan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan ishdan olingan.

Foto:«Xabar.uz»

Ayni vaqtda kim qo‘mitaga yangi rais etib tayinlangani hozircha noma’lum.

2018 yilning 18 aprel kuni 2003 yildan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Ortiqbek Yusupov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Jasur Akromov qo‘mita raisi etib tayinlangandi.

Bundan tashqari, o‘shanda Muzaffar Komilov hamda Nuriyman Abdulhasan raisning yangi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring