Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog suyaklarni mustahkamlashda muhim bo‘lgan mahsulotlarni aytdi

Diyetolog suyaklarni mustahkamlashda muhim bo‘lgan mahsulotlarni aytdi

Diyetolog Anna Yevseyeva Solenka.info saytiga bergan intervyusida suyaklarni mustahkamlashga yordam beruvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi.

Mutaxassisga ko‘ra, qattiq pishloq va tvorog suyaklarni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan kalsiy miqdorini o‘z ichiga oladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samarali moddalar D vitamini bilan eng yaxshi so‘riladi. Shuningdek, suyak to‘qimasi yong‘oq, pishloq, tvorog, yog‘li baliq va ko‘katlarga boy bo‘lgan K vitamini, protein, magniy va rux moddasini talab qiladi.

Yevseyevaning ta’kidlashicha, suyaklarni mustahkamlash uchun kunjutdan ham foydalanish tavsiya etiladi, chunki 100 gramm urug‘da 1000 milligramm kalsiy mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring