Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar kurashga qo‘shildi. Majburiy mehnat Oliy Majlisda muhokama qilinishi mumkin

Deputatlar kurashga qo‘shildi. Majburiy mehnat Oliy Majlisda muhokama qilinishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi va O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi a’zosi, deputat Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda halok bo‘lgan o‘qituvchi voqeasiga munosabat bildirdi.

«O‘qituvchiga nisbatan munosabat o‘zgarishi shart!

Qadrli do‘stlar, aziz hamkasblar! Oxirgi 2-3 kundan beri Samarqand viloyatida yosh o‘qituvchi — Diana Yenikeyevaning (singlimizni xudo rahmat qilsin!) bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish fojiadan so‘ng mamlakatimizda ta’limga, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida turli fikrlar bildirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘qituvchining jamiyatimizdagi hozirgi past mavqeini alohida qayd etib, ushbu holatni keskin tanqid ostiga olmoqdalar. Aksariyat fikr-muloxazalar juda o‘rinli, ularda jon bor.

Skrin: Facebook

Hammamiz yaxshi bilamiz, azal-azaldan xalqimizda ustoz va murabbiylar hamisha qadrlanib, e’zozlanib kelingan. Biroq so‘nggi o‘n yilliklar davomida o‘qituvchining jamiyatdagi obro‘siga turli ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga ko‘ra anchagina putur yetdi. Bunday salbiy holatning kelib chiqish sabablarini kovlashtirmagan holda bir narsani alohida aytmoqchiman: o‘qituvchini uning funksional vazifalariga kirmaydigan turli yumushlardan xalos qilishimiz, uning mavqeini yuksaltirib, jamiyatimizning eng obro‘li, eng mo‘’tabar a’zosiga aylantirish yo‘lida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak. Ko‘cha supurish, daraxt oqlash, fermerga ko‘maklashish yoki maktabni remont qilish kabilar o‘qituvchining ishi emas. O‘qituvchini majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi turli jamaot ishlariga jalb qilishga hech kimning haqi yo‘q!

Eng avvalo, o‘z hamkasblarim — hurmatli deputatlarimizga murojaat qilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi tegishli muhokamalar va eshituvlar paytida bu masalaga alohida e’tibor qaratishni iltimos qilaman. Zero, jamiyatdagi muammolar ko‘pchilik tomonidan, xususan, saralangan qatlam — xalq vakillari tomonidan tan olinib, keng muhokama qilingan taqdirdagina hal bo‘lishi mumkin!», deb yozadi deputat.


Mavzuga doir:

Samarqandda ixtiyoriy-majburiy mehnatga jalb qilingan 23 yoshli o‘qituvchi halok bo‘ldi

«Xabar.uz» surishtiruvi: 23 yoshli o‘qituvchining o‘limida kim aybdor?

23 yoshli o‘qituvchini urib yuborgan haydovchiga «Xabar.uz» surishtiruvidan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Fojia ko‘zimizni ochmadi yoxud sinalgan usuldagi javob

Halok bo‘lgan o‘qituvchining oilasiga qancha miqdorda tovon puli to‘lanadi?

Vazir o‘rinbosari: «O‘qituvchilarni tinch qo‘ying!»

Prezident matbuot kotibi Samarqanddagi fojia sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring