Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat «Qo‘yliq» dehqon bozorida mardikorlar yotoqxonasi qurishni taklif qildi

Deputat «Qo‘yliq» dehqon bozorida mardikorlar yotoqxonasi qurishni taklif qildi

«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Baxrom Valiyev «Qo‘yliq» dehqon bozori hududida mardikorlar yotoqxonasi qurishni taklif etdi. 

Bu haqda partiyaning Toshkent shahar kengashi matbuot xizmati xabar qilgan. 

«Katta Qo‘yliq» mahallasi poytaxtimizdagi Yashnabod tumanining ahamiyati yuqori bo‘lgan mahallalaridan biri.  2 kun davomida o‘z okrugida olib borgan o‘rganishlari davomida ushbu mahallada ham bo‘lib fuqarolar bilan uchrashdi. Muammoli holatlarni o‘rgandi. Mahalla uchastka nozirining bayon etishicha, «Qo‘yliq» dexqon bozori atrofida mardikorlar bozori bilan bog‘liq bir qancha muammolar mavjud. O‘rganishlar natijasida turli viloyatlardan kelgan ishchilar uchun yotoqxona tashkil etish taklifini kiritish lozimligi aniqlandi. 

Hozirda deputat tomonidan navbatdagi sessiyaga bir martalik ish bilan ta’minlanuvchilar uchun (mardikorlar) ushbu hududda zamonaviy shart-sharoitlarga ega yotoqxona qurish taklifini ilgari surish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring