Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«...Demak, hokimlar oppoq, hokimlar do‘mboq?!»

«...Demak, hokimlar oppoq, hokimlar do‘mboq?!»

Bugun bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishida yer maydonlari bog‘liq jinoyatlar haqida ko‘p va xo‘p gapirilibdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati yig‘ilishga oid taqdim etgan axborotda noqonuniy yer ajratish bilan bog‘liq jinoyatlarda mahalliy hokimliklarning 23 nafar, arxitektura va qurilish idoralarining 14 nafar xodimining «qo‘li borligi» aytiladi.

Biroq birorta hokim yer masalasida javobgarlikka tortilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Bir necha nafar hokim o‘rinbosarlari tilga olingan, xolos. Ya’nikim, «yer operatsiyasi» bo‘yicha Arnasoy tumani hokimi o‘rinbosari 13 ming AQSh dollari (shundan 3 ming AQSh dollarini olayotganida qo‘lga tushgan), Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 5 mln. so‘m, Xiva shahri hokimi o‘rinbosari 2 ming, Chust tumani hokimi o‘rinbosari 2 ming, Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 6 ming, Navbahor tumani hokimining o‘rinbosari 11 ming AQSh dollari pora olganligi uchun javobgar bo‘lgan.

Ma’lumki, joylarda yer maydonlarining «egasi» hokimlar hisoblanadi. Ularning «fatvo»si va imzosisiz birovga bir qarich yer berilmasligi ma’lum. Shunga qaramay «yer biznesi» bo‘yicha qo‘lga tushganlar orasida birorta hokim yo‘qligi jindek hayratlanarli. Qo‘lga tushmagan o‘g‘ri emas, degan hikmatga hurmat bajo keltirgan holda aytsak, tasavvurlarga ters ravishda... «hokimlar oppoq, hokimlar do‘mboq» ekan?!

«Qoyil» demay iloj yo‘qday...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring