Dehqonobodda yangi suv ombori qurilmoqda
Dehqonobod tumanida yangi suv ombori qurilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Hokim Zoir Aliqulov tumandagi suv ombor qurilishi bilan tanishib, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitni, karantin talablariga qay darajada amal qilinayotganini ko‘zdan kechirgan.
«Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, ushbu suv omborining foydalanish hajmini oshirish ishlari 2017-yilgi manzilli dasturga kiritilgan, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Sohib Samadov. – Shu asosda tender savdolari o‘tkazilib, unda g‘olib deb topilgan «Yakkabog‘ Qo‘rg‘oni» korxonasi qurilish ishlarini bajarmoqda».
240 gektardan ortiq maydonni egallagan suv ombori hududida uzunligi 850 metr, balandligi 36,2 metr hajmdagi suv to‘g‘oni qurish, ta’mirlash, ko‘prik barpo etish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uning quvvatini yanada oshirish borasida ishlar davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter