Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlaridagi bo‘sh o‘rinlarini endi «OLX.uz»da topish mumkin

Davlat xizmatlaridagi bo‘sh o‘rinlarini endi «OLX.uz»da topish mumkin

«OLX.uz» onlayn-servisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikni boshlaydi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekistonning davlat muassasalaridagi bo‘sh o‘rinlari endi «Ish» bo‘limida chop etiladi. 

«Ayni paytda Vazirlik platformasida mamlakat bo‘ylab 25 000 dan ortiq bo‘sh o‘rinlar e’lon qilingan. «OLX.uz» O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyuriladigan servislardan biri bo‘lganligi tufayli, mutaxassislarni samarali izlab topish va respublika aholi bandligini oshirish maqsadida hamkorlik haqida qaror qabul qilindi», - deb izoh berdi Erkin Muxitdinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari.

Bugun OLX.uz sahifasida 11 000ga yaqin ish taklif qilish borasidagi e’lonlar joylashtirildi. Faqat aprel oyida 4000 dan ortiq bo‘sh o‘rinlar servis yordamida yopildi. Har oy «Ish» bo‘limiga 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tashrif buyurishadi. 

«Servisdagi har bir e’lon o‘rtacha 55 ta javob oladi. Umid qilamizki, OLX da istalgan shaharning yashovchisi ish topa oladi. Bo‘sh o‘rinlarni topilishini maksimal darajada oson qilish uchun biz barcha ishlarni amalga oshirmoqdamiz: e’lonnni istalgan qurilma orqali joylashtirish mumkin: smartfondan, planshet yoki kompyuterdan» - ta’kidladi OLX.uz Bosh direktori Doniyorbek Turg‘unov.

Ma’lumot uchun, «OLX» — O‘zbekistondagi yetakchi e’lonlar servisidir. Maydoncha bazasida 400 000 dan ortiq e’lonlar mavjud. Har oy OLX ga 2 mln dan ortiq odamlar tashrif buyurishadi. Servisga istalgan qurilmadan kirish mumkin, shuningdek iOS va Android uchun mobil ilovani yuklab olish orqali ham.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring