Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrini sotuvga qo‘ygan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

Toshkent shahrini sotuvga qo‘ygan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

15 yoshli A.A. «OLX» savdo platformasida «Toshkent shahri sotiladi!» mazmunida e’lon joylashtirgan va uning boshlang‘ich narxini 250 milliard AQSh dollari deb belgilagan.

Ushbu e’lon ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«OLX» savdo platformasi bosh direktorining aytishicha, e’lon bir necha daqiqadan so‘ng bloklangan. Mutaxassis foydalanuvchilardan e’lonlarni joylashtirishda barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishiga e’tibor qaratishlarini so‘ragan.

Yuqoridagi e’lonni joylashtirgan 8-sinf o‘quvchisi bu ishni shunchaki hazil uchun qilganini, bunday salbiy muhokamalar keltirib chiqarishi mumkinligini o‘ylab ko‘rmaganini qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring