Davlat xizmatlari agentligi kreativ yondashuvga ega xodimlarni ishga taklif etadi
![Davlat xizmatlari agentligi kreativ yondashuvga ega xodimlarni ishga taklif etadi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1802488322.jpg)
Davlat xizmatlari agentligining do‘stona jamoasi hududiy boshqarmalari atrofidagi dunyoni yanada yaxshiroq etish, fuqarolarimizga beminnat xizmat etish, davlat xizmatlari haqida ma’lumotlarni keng yoritish istagida bo‘lgan hamda kreativ fiklaydigan xodimlarni izlamoqda.
Sizdan:
- kreativ yondashuv;
- davlat xizmatlari sohasini chin yurakdan yaxshi ko‘rish;
- jurnalistika sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal bilish ( chet tillarni bilsangiz ham zarar qilmaydi) talab etiladi.
Taklifimiz:
- 4 million so‘mgacha oylik ish haqi;
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon;
- chet ellarga qiziqarli xizmat safarlari va stajirovkalar.
Ish joyi qayerda?
Toshkent shahridan boshqa Davlat xizmatlari agentligining viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy boshqarmalarida! (Har bir hududda 1 tadan)
Vazifalar nimadan iborat?
- Davlat xizmatlari agentligi axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
- milliy va xorijiy OAVlarida agentlik faoliyatini keng yoritish;
- agentlik faoliyatiga doir ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganib, rahbariyatni xabardor qilish.Bularning barchasi Siz haqingizdami? Unda jamoamizga xush kelibsiz!
Ob’yektivkalarni 2019-yil 15-iyul kuniga qadar [email protected] elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Davlat xizmatlari agentligi
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter