Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tili «RED BULL»ga ham taalluqli — energetik ichimlikka muvofiqlik sertifikati berilmadi

Davlat tili «RED BULL»ga ham taalluqli — energetik ichimlikka muvofiqlik sertifikati berilmadi

Kollaj: Muhiddin Soliyev /«Xabar.uz»

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, yorlig‘idagi ma’lumotlar o‘zbek (davlat) tilida bo‘lmagani uchun «RED BULL» savdo belgili energetik ichimlikka muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish rad etilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori (12.07.2017-yil, 490-son) bilan «Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament tasdiqlangan bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamg‘alanishi  belgilab qo‘yilgan.

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan sertifikatlashtirish jarayonida importyor «New Optimal» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yurtimizga olib kelingan «RED BULL» savdo belgili energetik ichimlik (ishlab chiqaruvchi — «RAUCH FRUCHTSAFTE GMBH & CO. OG», Avstriya) yuqorida keltirilgan umumiy texnik reglamentning yorliqlanish qismi talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, ichimlik yorlig‘idagi ma’lumotlar davlat tilida mavjud bo‘lmaganligi sababli  mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish rad etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring