Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat korxonalariga oid ma’lumotlarni oshkor qilish tizimi takomillashtiriladi

Davlat korxonalariga oid ma’lumotlarni oshkor qilish tizimi takomillashtiriladi

«Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (674-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining quyidagi ma’lumotlari joylashtiriladi:

• ustav fondi;
• davlat ulushi;
• har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
• ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;
• ish o‘rinlari soni;
• korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.

2021-yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytida iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik mu’lumotlar, shu jumladan, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot joylashtiriladi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar quyidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi:

-  biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi;
-  ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;
- soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar;
- tashqi qarzdorlik;
- mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring