Sizga ish haqi to‘g‘risida ma’lumot kerakmi? (video)
Bugun kredit yoki subsidiya olish uchun bankka borsangiz, ish haqingiz to‘g‘risida ma’lumot so‘rashadi. Yoki mahalladan turli xil yordam olishda ham shu talab qo‘yiladi.
Qulayliklardan bexabar odam nima qiladi?
Ishxonasiga qaytib kelib, hisobchini izlaydi. Qachon qo‘liga ma’lumot kelib tushsagina yana vaqt ajratib, bankka boradi...
Xo‘sh, zamonaviy odam-chi?
Bankning o‘zida yoki uyi va ishxonasidan chiqmay turib, kompyuter, planshet, smartfoni orqali YaIDXP (my.gov.uz)ga kiradi hamda ma’lumotni o‘zi shakllantiradi.
Hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga QR kod qo‘yilgan bo‘lib, uni istalgan joyga topshirish mumkin.
Xizmatning mobil ko‘rinishi ham bor. Bunda ko‘chirilgan ma’lumotnoma avtomat tarzida Telegram yoki WhatsApp ga yo‘naltiriladi. Keyingi safar ma’lumotnomani ushbu manzillardan olaverasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter