Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi
Noqulay ob-havo tufayli 5-dekabrdan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.
«O‘zbekistonga sovuq ob-havoning kirib kelishi sababli yo‘lovchilar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yilning 5-dekabr sanasidan barcha shaharlararo va xalqaro avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.
Yo‘nalishlarning ochilishi xaqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», – deyiladi Toshkent avtovokzali ma’muriyati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter