Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat boshqaruviga xususiy sektorni jalb qilish yo‘nalishlari belgilandi

Davlat boshqaruviga xususiy sektorni jalb qilish yo‘nalishlari belgilandi

«Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat» loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihaga asosan, davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari belgilandi.

Shunga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joriy etilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti 2022-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Mazkur tajriba-sinov doirasida:

- 2021-yil 1-apreldan Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’yektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;

- ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;

- ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;

- ko‘chmas mulk ob’yektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring