Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi.

15 oktyabr, shanba kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va +26…+29 darajani tashkil etadi.

16 oktyabr, yakshanba kuni shimolda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring