Dam olish kunlari biroz issiq va quruq ob-havo kutilyapti

«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat foni ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi va 32-35° ni tashkil etadi.
Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 33-35° ni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter