Dachada «dam oldirgan» firibgar ushlandi
Toshkent shahrida yashovchi R.A. ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, Olx .uz saytida kunlik «Dacha Chimgan» nomli e’lon bo‘yicha noma’lum shaxs bilan Telegram orqali bog‘langan, hovlini ijaraga olish uchun oldindan to‘lov sifatida unga 700 000 so‘m o‘tkazib bergan. Ko‘rsatilgan manzilga borganida esa noma’lum shaxs u bilan aloqani uzib, telefon raqamlarini bloklab qo‘ygan...
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik qilib pullarni o‘zlashtirgan shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi D.F. (1999-y.t.) bo‘lib chiqdi.
D.F. firibgarlikni kasb qilib olgan ekan, oldin ham boshqa bir nechta kishilarni aldab, pullarni yeb ketgan.
D.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter