«Coca-Cola» tarixda ilk bor alkogolli ichimlik ishlab chiqaradi
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan «Coca-Cola» birinchi marta alkogolli ichimlik ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ichimlik Yaponiyada ishlab chiqariladi, alkogol darajasi uch darajadan sakkiz darajagacha bo‘ladi. Mahsulotning asosiy iste’molchisi ayollar bo‘lishi kutilmoqda.
Kompaniyaning Yaponiyadagi bo‘limi rahbari Xorxe Garduno «Coca-Cola»ning rasmiy saytida e’lon qilingan intervyusida: «Bu tariximizdagi ajoyib holat. Kompaniya faqat alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib qolgan edi», — degan. Uning so‘zlariga ko‘ra yangi mahsulot Yaponiyaning o‘zida qolishi mumkin, bu yapon madaniyatining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq.
«Financial Times» ma’lumotlariga ko‘ra ko‘pchilik oziq-ovqat kompaniyalariniki kabi «Coca-Cola» mahsulotlari savdosida ham pasayish kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter