Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cobalt urib ketgan askar chegarani qo‘riqlashga qaytdi

Cobalt urib ketgan askar chegarani qo‘riqlashga qaytdi

Videodan skrinshot

Farg‘onada Cobalt harbiy askarni qasddan bosib ketgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. DXX Chegara qo‘shinlari o‘z telegram-kanalida hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, voqea 26-noyabr kuni (videorolikda shu sana ko‘rsatilgan) Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, «Hosilot» aholi maskani chegaraoldi hududida yuz bergan. Chegara naryadi belgilangan jangovar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida mazkur hududda davlat raqami 40 F 679 MA  bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina belgilangan tartibda tekshirish uchun to‘xtatilgan, fuqaro M.I. esa bo‘ysunmasdan, o‘z boshqaruvidagi avtomashinani chegarachilardan biri tomonga haydab, uni urib yuboradi va voqea joyidan qochib ketadi.

Ta’kidlanishicha, mashina urib yuborgan oddiy askar A.T. yengil tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Shu kuni fuqaro M.I. qo‘lga olingan va o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Holat yuzasidan Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining sog‘lig‘i qoniqarli va davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha jangovar xizmat faoliyatini davom ettirmoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring