Gidrometeorologiya xizmati ogohlantiruvchi axborot berdi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda ertalab yomg‘ir bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Gidrometeorologiya xizmati «Qamchiq» dovoni qismida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Dovon yo‘li ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter