Chirchiqdagi talonchilik fosh etildi
2019 yil 20 aprel kuni 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi S.A. ismli ayolni qo‘lidan ichida 150000 so‘m puli va «Samsung» rusumli mobil telefoni bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar Nizomiy ko‘chasida yashovchi I.A. va Bo‘stonliq tumani Yangiovul QFYda yashovchi N.Q.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter