Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq daryosi ustida yangi ko‘prik qurildi

Chirchiq daryosi ustida yangi ko‘prik qurildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti UK mutaxassislari tomonidan Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida shu kungacha hali yurtimizda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. Bu haqda Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Loyiha doirasida Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlariga eltuvchi umumiy uzunligi 19,2 km. bo‘lgan yangi zamonaviy magistral ham bunyod etildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632 sonli qaroriga muvofiq mazkur yo‘nalishda ko‘priksozlar tomonidan Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan yangi ko‘prik qad rostladi.

Loyihalashtirish ishlari «Boshtransloyiha» AJ muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ko‘prikning umumiy uzunligi 256 metr bo‘lib, jami 9 ta (ustoylari bilan) tayanch ustunlari oralig‘ida montaj qilinadigan 1 ta (24 metr) va 7 ta (33 metr) oraliq qurilmalardan (balkalar) tashkil topadi. Tayanch ustunlarining poydevori diametri 1,5 va 1,7 metrli 25 metrgacha chuqurlikka burg‘ilab o‘rnatiladigan 78 ta qoziqlardan (svai) iborat bo‘lib, jami 112 dona oraliq qurilmalari (balka) o‘rnatilgan.

Ko‘prikning kengligi 30,8 metrni tashkil etadi. Mazkur inshoot 6 yo‘nalishda avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ko‘prikni barpo etishda piyodalar yo‘lagiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qurilish-montaj ishlari «13-ko‘prikqurilish otryadi» ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring