Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Foto: Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

«Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri A. Abduhakimov Koreya Respublikasi Atrof-muhit vaziri o‘rinbosari Yu Chechul boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi», deb xabar beradi Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda Global yashil o‘sish instituti (GGGI)ning Markaziy Osiyodagi yagona ofisi O‘zbekistonda, Tabiat resurslari vazirligida faoliyat ko‘rsatmoqda.

«KEITI» kompaniyasi «O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish» bo‘yicha bosh rejani tuzish texnik ko‘mak loyihasini amalga oshirish tashabbusini o‘rtaga tashlagandi.  Ushbu tadbirda loyiha uchun 6,6 mln AQSh dollariga teng grant ajratilishi ma’qullandi va yirik investitsiya loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilib Koreya Hukumatiga taqdim etildi.

Bugungi elektr taqchilligi yuzaga kelayotgan bir paytda «Sejin G&E So., Ltd.» kompaniyasi ishtirokida «Toshkent viloyati maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha  tegishli vazirliklar bilan kelishuvga erishilganligi ham muhim jihat sanaladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Energetika, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashitrilgan. Toshkent viloyatidagi «Ohangaron» va «Maydontol» maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish» loyihasini boshlashga bag‘ishlangan tadbir esa kelgusida elektrga bo‘lgan ehtiyojni bir muncha kamaytirishi shubhasiz.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring