Chinozlik «uddaburon» 8 kilogrammdan ziyod giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi
2019-yil 12-aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIB xodimlari o‘tkazgan tadbirda G‘ayrat mahallasida yashovchi B.N. 8 kg. 890,3 gr. marixuana giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter