Chilonzor tumanidagi ko‘chada harakatlanish cheklanishi uzaytirildi
Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6-noyabrdan 10-noyabrgacha Chilonzor tumanidagi M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanishi haqida xabar berilgandi.
Mazkur yo‘l qismida qo‘shimcha ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, harakatlanishning cheklanishi 2021-yil 15-noyabr kuniga qadar davom etadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter