Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga chiqish pasporti 2019-yilning 1-yanvaridan joriy etiladi

Xorijga chiqish pasporti 2019-yilning 1-yanvaridan joriy etiladi

Foto: «Sputnik»

2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston fuqarolariga chet elga chiqishlari uchun chet elga chiqish pasporti joriy etiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Badriddin Shorixsiyev ma’lum qildi.

IIV mulozimining bildirishicha, ushbu chet elga chiqish pasporti bilan xujjatlashtirilgan O‘zbekiston fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi talab etilmaydi. U, shuningdek, muddati o‘tib ketgan pasportdan foydalanish oqibatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 223-moddasi 1-qismida pasporti shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportni yo‘qolishi-eng kam ish haqining yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xorijga chiqish stikerlarini bekor qilinishi va yangi xorijga chiqish pasporti joriy etilishi ilk marta Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga chiqish pasportini joriy etish to‘g‘risida»gi farmonida aytilgan edi. Ayni paytda xorijga chiqish uchun Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalaridan  xorijga chiqish stikerlarini olish talab etiladi, bu tizim 1995-yildan beri amalda. 2011-yilda kiritilgan va bugungi kunda amal qilayotgan O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti, O‘zbekiston hududida fuqaro shaxsini aniqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. Fuqarolar 2021-yilning 1-yanvariga qadar, viza talab qilinmaydigan mamlakatlar hududiga, bugungi kunda amal qilayotgan (yashil) pasport bilan borishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring