60 millionli chempionat, Yozuvchilar uyushmasi haqida qaror, yangi aeroport, metrodagi antiqa sarguzashtlar, nohaq qamalgan hokim, Toshkentda yong‘in va boshqa xabarlar
Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Samarqanddagi «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan qishloqlar ro‘yxati
«Zarafshon» gazetasining onlayn nashri tomonidan ushbu dasturga kiritilgan Samarqand viloyatidagi qishloqlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Prezident farmoni: TIV faoliyatida bir qator jiddiy muammolar mavjud
Farmonda Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi ishlarning amaldagi holatini tahlil qilish, birinchi navbatda, davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish borasida qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat berayotgani qayd etilib, ushbu muammolardan asosiylari sanab o‘taladi.
Jamiyat
«O‘ztransgaz»: to‘lov qilaman degan fuqaro soatlab navbat kutsa...
Mana sizga bu yerdagilarning ishga, mijozga munosabati. Ayni vaqtda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining to‘rt nafar xodimi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ular qo‘lidan kelgancha ish qilayotir. Ammo ish me’yori ham bor-ku? Bu esa, ortiqcha asabbuzarliklarga sabab bo‘lmoqda.
Markaziy bank uch toifadagi shaxslarning bank rahbarlari etib tayinlanishini taqiqladi
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlariga qo‘yiladigan yangi talablar taqdiqlandi. Unga ko‘ra Markaziy bank uch toifadagi shaxslarning bank rahbarlari etib tayinlanishini taqiqladi.
Haydovchilik guvohnomalari endi boshqa davlat tashkiloti orqali beriladi
Davlat xizmatlari markazlari soni 201 tani tashkil etadi. Ularning har birida haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish uchun yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari xodimlari biriktiriladi, deyiladi ko‘rsatuvda.
Toshkent viloyatida yangi aeroport quriladi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 250-qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
12 yilga nohaq qamalgan hokim oqlandi. Endi u lavozimiga qaytadimi?
«XXI asr» gazetasining 5-aprel sonida chop etilgan «O‘n yilga cho‘zilgan oqlov yoxud Nurulla Qayumov boshidan kechgan ajib savdolar xususida» sarlavhali maqolada nohaq qamalgan hokimning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Mas’uliyatdan qochgan maktab direktori ishchi guruhdan ham qochdi
Aniqlanishicha, Behro‘z va Bekzod To‘xtasinovlarning haligacha tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi mavjud emas. Onaizor bir necha marta maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, ularni o‘qishga qabul qilishmagan.
Blogerlar chempionati boshlanishiga 5 kun qoldi. Mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mdan oshdi!
Blogerlar chempionatining mukofot jamg‘armasi bugunga kelib 60 million so‘mdan oshib ketdi. Shundan 46 millioni 1,2,3-o‘rin sohiblariga atalgan bo‘lsa, qolgani o‘ndan ziyod nominatsiyalarning g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘a shaklida topshiriladi.
Ta’lim
Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun yangi innovatsion olimpiada tashkil qildi
Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15-aprel kunlari respublika bosqichi 7 ta hududda bo‘lib o‘tadi.
2018-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining – o‘rtacha 25 foizga va stajer-o‘qituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshiriladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qish muddati va qabul kvotalari kamaytiriladi
Farmonda qayd etilishicha, bir oy muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Madaniyat
Yozuvchilar uyushmasining tarkibiy tuzilishi qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 aprel kuni «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Yozuvchilarning gonorar bilan ta’minlanishi qat’iy nazorat qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 23-oktabrdagi PQ–3350-son qaroriga muvofiq Uyushma a’zolari uchun Toshkent shahrida imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangan edi.
Yozuvchilar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlariga avtomobil beriladi
Uyushmaga qarashli ijod uylari va oshxonalar arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
Prezident qarori bilan bir qator gazeta-jurnallar obunasi yaxshilanadi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyatini kuchaytirish, harbiy qismlar, harbiy yo‘nalishdagi bilim yurtlari, xususan, «Temurbeklar maktablari»da tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etiladi.
«Zulfiyaxonim qizlari» klubi tashkil etilmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida Oliy adabiyot kursini tashkil etiladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yilning 1 avgustiga qadar Oliy adabiyot kursi mutaxassisliklari bo‘yicha tegishli malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi.
Maktablar va «Mehribonlik uylari»ga kitoblar bepul tarqatiladi
Shuningdek, audiokitoblar ishlab chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, o‘zbek adabiyoti targ‘ibotiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tizimli ravishda e’lon qilib borish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Hodisa
Rossiyada mudhish YTH. 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida «Tezkor raqamlari» ochildi.
Toshkentda AQSh fuqarosi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
«Atlas» savdo markazida nimalar bo‘ldi? (foto)
Binoda yong‘inni o‘chirish vositalari, evakuatsiya yo‘llari ko‘rsatkichlarining mavjudligi, zinalarga o‘tish yo‘laklarining to‘sib qo‘yilmagani va yong‘in haqida ogohlantiruvchi texnik uskunalarning sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi.
Toshkentda yirik yong‘in (video)
Bugun, 5-aprel kuni soat 18:56 atrofida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Gulsaroy ko‘chasida (Qoraqamish 1/4) joylashgan mix ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi.
Sport
YeChL. «Liverpul» «Siti»ni, «Barselona» esa «Roma»ni gollar bilan «siyladi» (video)
Yevropa chempionlar ligasi chorak finalining ikkinchi kungi bahslarida ham juftliklar taqdiri birinchi o‘yindayoq deyarli hal bo‘ldi. «Liverpul» «Manchester Siti»ni, «Barselona» – «Roma»ni ayab o‘tirmadi.
Superliga va La liga o‘rtasida 2020 yilgacha hamkorlik memorandumi imzolandi
La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Murabbiylar kengashi Marokashga qarshi o‘yinda vazifa bajarilmagan deb hisobladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23-mart kuni Senegalga qarshi maydonga tushib, 1-1 hisobida durang o‘ynagan, oradan 5 kun o‘tib Marokash terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Infografika
Infografika. Tish yuvmaslikning oqibatlari
Bolalikdan bizga tish mustahkam bo‘lishi uchun uni har kuni ikki mahal yuvish kerakligi ta’kidlanadi. Sababi, tishdagi ovqat qoldiqlari, bakteriyalar, tishda turli muammolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Texnologiya
«Facebook» o‘z foydalanuvchilarining yozishmalarini skaner qilishidan xabardormisiz?
«Facebook Messenger» vakili ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini skaner qilishini aytdi.
«Telegram»dagi xabarni repost qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ochiq internet maydonlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan maqolasi, posti uchun jinoiy javobgarlikka tortilganlar haqida ko‘p eshitganmiz. Biroq...
Iqtisodiyot
Davlat rahbarlari qancha maosh olishadi?
RBK agentligining iqtisodchi mutaxassislari yetakchi davlatlar rahbarlarining yillik maoshlari bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi.
Dunyo
Rossiya 2023-yilgacha AQShning kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilishiga umid qilmoqda
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh kimyoviy qurollarni yo‘qotish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganini va bu turdagi ommaviy qirg‘in qurollarining yagona va eng qudratli egasi bo‘lib qolayotganini aytgan edi.
Turkiyadagi universitetda otishma sodir bo‘ldi
Turkiyaning Eskishahar shahrida joylashgan Usmong‘ozi universitetida sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Tavsiya qilamiz
Bola qobiliyatini nimalar «o‘ldiradi»?
Bola qobiliyatning ko‘proq qismini otadan emas, onadan o‘zlashtiradi. Farzand oldida onaga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lish bolaga ikki hissa tezroq ta’sir etadi.
Ona – qotil, aybdor esa – hamma!
Qo‘qon fojiasida shubhasiz, ayol noto‘g‘ri ish qildi, katta gunohga qo‘l urdi va u albatta jazosini olishi kerak. Ammo shu bilan masalani yopib qo‘yib bo‘lmaydi. Uni bu ishni qilishga «majburlagan» barcha omillar, sabablar o‘rganilishi kerak. Ayollar huquqlarini amalda ta’minlash, ularning murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi, to‘g‘ri qaror qabul qilishi bo‘yicha malakalardan...
Metrodagi sarguzashtlar. Suratga olish mumkinmidi o‘zi?!
— Oka, biz buyruqqa bo‘ysunamiz. Bu taqiq bekor qilingani haqidagi buyruq bizga hali yetib kelmagan. Bering telefoningizni. O‘chiring suratlarni!
«Kimligimni bilasanmi, men hokimman!»
Farg‘ona shahrida mutassaddilar kutubxonachilar arzini eshitish o‘rniga, kutubxona binosini buzib, xususiy korxonaga foydalanishga berib yuborishdi. Oqibatda 127 yillik tarixga ega, nodir kitoblar saqlanadigan ilmiy-tibbiy kutubxona yo‘q bo‘lib ketish arafasida.
Soliq konsepsiyasidagi o‘zgarishlar pensiya yoshi uzaytirilishiga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Agar voqealar rivoji nisbatan qiyinroq kechadigan bo‘lsa, bizda ham pensiya yoshi uzaytirilishi chorasi qo‘llanishi mumkin (ma’lumot o‘rnida: Gruziyada pensiya yoshi erkaklar uchun 65, ayollar uchun 60 yosh qilib belgilangan, O‘zbekistonda esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun 55 yoshni tashkil qiladi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter