Chaylada yashirib qo‘yilgan bola onasiga olib berildi
Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituviga kelayotgan ayrim toifadagi hujjatlar ijrosini ta’minlash gohida oson kechmaydi. Ayniqsa, ota yoki ona bag‘rida yurgan bolani sud hukmi bilan ulardan birining tarbiyasiga olib berish.
Kuni kecha Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvidagi shunday mazmundagi hujjat ijrosi ham osonlikcha amalga oshmadi. Qizig‘i, ona tarbiyasiga olib beriladigan bolakay ancha vaqtdan beri qidiruvda edi. Ya’ni, ota bolani onasiga bermaslik maqsadida birga boshqa viloyatga olib ketib, yashirib yurgan edi. Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi inspektori tomonidan olib berilgan tadbir davomida bolakay Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaligi maydonida vaqtinchalik ishlash uchun borgan joydan topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 2023 yil 18 apreldagi ijro varaqasiga asosan da’vogor X.Musayeva foydasiga javobgar R.Musayevdan 6 yoshli farzandini olib berish belgilangan.
Bo‘lim ish yurituviga olingan mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida javobgarga ixtiyoriy muddat berilgan. Lekin qarzdor farzandini bergisi kelmay, sud hukmini ixtiyoriy bajarishdan bosh tortib, berkitib yuradi.
Shundan kelib chiqqan holda boshqarma xodimlari tomonidan qidiruv e’lon qilinib, kuzatuv ishlari olib boriladi. Bu ishlar samara berib, joriy yilning 11 sentyabr kuni bola otasi bilan Toshkent viloyatida ekanligi aniqlanadi. Boshqarma ma’sullari zudlik bilan Namangandan borib, bolakayni ona bag‘riga olib berishdi. Shu bilan bo‘lim ish yurituvidagi hujjat ijrosi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter