«CAPTIVA» uchun 1500 dollar «shapka» olganlarga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S. Buxoro shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro U. nomiga «CAPTIVA» rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berish evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy saytida xabar berilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter