Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish 2,7 trillion so‘mgacha yetdi — Senat raisi

Budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish 2,7 trillion so‘mgacha yetdi — Senat raisi

Foto:«Xabar.uz»

Senat raisi Tanzila Norboyevaga ko‘ra budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish yil sayin oshib bormoqda. Jumladan: 

- 2017-yilda 36,5 mlrd so‘m;
- 2018-yilda 1,2 trillion so‘m;
- 2019-yilda qariyb 1,1 trillion so‘m;
- 2020-yilda 2,7 trillion so‘m budjet mablag‘i noqonuniy tarzda o‘zlashtirilib yuborilgan. 

«Bir rahbar ketyapti, undan keyin kelgani yana uni ishini davom ettiryapti. Balki qonuniy chora ishlab chiqish yoki qonunlarga o‘zgartirish kerakdir»,—deydi Senat raisi.

Avvalroq, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosarining ishi bo‘yicha ma’lumot bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring