Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi Bolalar muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani haqida xabarlar tarqaldi

Buxorodagi Bolalar muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani haqida xabarlar tarqaldi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Aytilishicha, muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi.

Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring