Buxoroda rahbarlarni qo‘rqitib 30 000 AQSh dollari talab qilganlar ushlandi
Buxoro viloyatida korxona rahbarlarini qo‘rqitib 30 000 AQSh dollari talab qilgan ishchilar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «K.» AJ ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X.lar oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitib, ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilishib, kimyoviy ishlov berilgan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter