Buxoroda 700 million so‘m qarzi bor fuqaroning «Trailblazer»i xatlandi
Buxoroda salkam 700 million so‘m qarzdorligi mavjud fuqaroning «Trailblazer»i jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro H.S. uzoq yildan buyon to‘planib kelayotgan qarzdorligini soliq inspeksiyasi foydasiga to‘lashi yuzasidan bir necha bor takroran ogohlantirilishiga qaramay, u to‘lovni amalga oshirishdan bo‘yin tovlab kelgan. G‘ijduvon tumanlararo sudi tomonidan joriy yilning 9-sentyabrdagi qaroriga asosan, H.S.ga tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 650,2 million so‘m soliq qarzdorligi hamda 26,0 million so‘m davlat bojini undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
«Surishtiruvlarimizga ko‘ra, qarzdorliklarni to‘lash quvvatiga ega bo‘lgan bu shaxs nomida «Trailblazer» rusumli avtomashinasi borligi aniqlandi. Fuqaro ushbu avtomashinasini yashirib kelgan. Qidiruv tadbirlari natijasida «Trailblazer» avtomashinasi topildi va u fuqaroning qarzi o‘rnida xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Hozirda uni «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda»,— deydi MIB Shofirkon tumani bo‘limi boshlig‘i Shavkat Kenjayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter