Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narkologiya mansabdorlari salkam 550 million so‘m pullarni talon-taroj qildi

Narkologiya mansabdorlari salkam 550 million so‘m pullarni talon-taroj qildi

Foto: Xabar.uz

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali mansabdor shaxslarining 535 million 633,9 ming so‘mlik byujdet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishganini aniqladi. Huquq-tartibot organi mas’ulining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu holat tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, filialning mansabdor shaxslari 58 nafar tibbiyot xodimiga rag‘batlantirish pul to‘lovlarini baholash mezoni bo‘yicha «Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga zid ravishda hisoblashgan. Bu orqali 177 million 829,1 ming so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirishgan. Shuningdek, 2022-2023-yillarda jami 206 nafar xodimga 244 million 828,8 ming so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan pullarni qo‘shimcha ravishda hisoblab to‘lab berib, talon-tarojlikka yo‘l qo‘yishgan.

Bundan tashqari, 89 nafar bemor markazning pullik xizmatidan foydalangan holda yotib davolanib ketgan bo‘lishsa-da, mansabdorlar bemorlardan olingan bu pullarni filial xazinasiga kirim qilishmagan. 26 million 910,0 ming so‘mlik pul mablag‘larini «tuya» qilishgan.

Mansabdorlar o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, dori-darmon va tibbiy vositalarni ham xarid qilishda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yishgan. 86 million 066,0 ming so‘mlik dori vositalarini qimmat narxlarda sotib olib, o‘zlashtirishgan. Mansabdorlarning o‘z mavqelaridan foydalangan holda qilgan noqonuniy hatti-harakatlari oqibatida jami 535 million 633,9  ming so‘mlik byujdet mablag‘lari shaxsiy cho‘ntaklarini boyitgan.

Huquqtartibot organi mas’uli bu mansabdorlarning xatti-harakatida o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatlar mavjudligini bildirmoqda.

Mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 3-qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini tashkillashirish uchun hujjatlar Buxoro shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring