Buxoroda kuchsiz zilzila qayd etildi

Kecha, 29-may sanasida Buxoro viloyatida kuchsiz zilzila bo‘lib o‘tdi. Yer qimirlashi tungi soat 21:40da qayd etilgan.
Buxoro viloyati yangiliklarini yoritib boruvchi kanalda ma’lum qilinishicha, 4,7 magnitudali zilzilaning epitsentri Gazli shahridan 38 kilometr uzoqlikdagi hudud bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgani xabar qilinmoqda.
Yer qimirlashi Buxoro va Navoiyda 2 ballni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter