Buxoroda bir guruh hokimlar «hayfsan» oldi

Buxoro viloyati hokimining intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi farmoyishi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatlari qoniqarsiz deya topilgan.
Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov, Vobkent tumani hokimi F.Umarov, Kogon tumani hokimi M.Esanov, Peshku tumani hokimi V.Qahhorov, Buxoro tumani hokimi X.Jo‘rayevlarga «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Jondor tumani hokimi S.Hikmatov va Shofirkon tumani hokimi Sh.Hakimovga oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima solindi, Buxoro shahri hokimi J.Nosirov qattiq ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter