Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 500 ga yaqin IIB xodimiga chora ko‘rildi

Buxoroda 500 ga yaqin IIB xodimiga chora ko‘rildi

Foto: Xabar.uz

2023-yil boshidan buyon Buxoro viloyat IIB tizimida faoliyat yuritib kelgan 476 xodimga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. 137 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlangan.

Ularining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, jami 173 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Mirjamol Miralimov ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar qildi «Xabar.uz» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 2023-yilning 9 oyi davomida viloyat ichki ishlar organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 12 695 ta murojaat kelib tushgan. 11 429 tasi ijobiy qanoatlantirilgan, 582 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan. 17 tasi tugatilgan.

«Ushbu murojaatlarni bartaraf etishda o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan sohaviy xizmat xodimlari o‘z hatti-harakatlari oldida qonuniy javob berishdi. Turli ko‘rinishdagi intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan 476 nafar xodimning 256 nafariga «Tanbeh», 142 nafariga «Xayfsan»,  43 nafariga «Qattiq xayfsan»,  9 nafar xodimga «Jarima»,  3 nafar xodimga  esa «IIOlari xizmatidan bo‘shatish» chorasi qo‘llanildi. 21 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.  2 nafar xodimga «Maxsus unvonini bir pag‘ona pasaytirish» intizomiy jazolari qo‘llanildi. Shuningdek, viloyat Ichki ishlar Boshqarmasidan jami 47 nafar xodimlar turli sabablarga ko‘ra, ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi. Tizimda faoliyatga nisbatan panja ortidan qarab, vakolatini suiste’mol qilganlarning biz bilan bir safda turishga o‘rin yo‘q»,— deydi Mirjamol Miralimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring