Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 22 ta daraxt kesgan shaxslar 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Buxoroda 22 ta daraxt kesgan shaxslar 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Buxoro viloyati,  Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtlarni kesib tashlagan 3 nafar fuqaro tabiatga yetkazgan zarari uchun  171  milliondan ortiq jarima oldi.

Tumandagi «Xo‘jalar» MFY hududida mavjud daraxtlarning kesilishi aholini tashvishga solgan. Odamlar huquq-tartibot organlariga murojaat bilan chiqishga majbur bo‘lishgan.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Qorako‘l tuman IIB bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish ishlari davomida Qorako‘l tumani «Xo‘jalar»  MFY hududidagi 22 tup har xil o‘lchamdagi manzarali daraxtlar  3 nafar fuqaro tomonidan kesib tashlanganligi aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shmkastlantirish, yo‘q qilishyoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, tabiatga yetkazilgan ushbu zararni keltirib chiqargan uch fuqarodan 146 million 200 ming so‘m hamda 25 million 500 ming so‘m jarima unidiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring