Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qum va shamolni ushlab qoluvchi cho‘l o‘simliklari qoplamasi yo‘qolib ketgani aniqlandi

Qum va shamolni ushlab qoluvchi cho‘l o‘simliklari qoplamasi yo‘qolib ketgani aniqlandi

«O‘zbekkosmos» agentligi Buxoro va Navoiyda 35 gektardagi qum va shamolni ushlab qoluvchi cho‘l o‘simliklari qoplamasi yo‘qolib ketganini aniqladi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, ushbu 2 ta viloyatning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida «yashil» maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. «O‘zbekkosmos» agentligi bilan birgalikda cho‘llarda ekologik holatni monitoring qilish platformasi yaratiladi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligining bu yo‘nalishdagi mas’uliyati oshiriladi. Endilikda agentlik cho‘llanishga qarshi kurashish bilan ham jiddiy shug‘ullanadi, hokimliklar qoshidagi «Yo‘l ko‘kalam» tashkilotlari agentlik tizimiga o‘tadi.

Agentlikka har bir hudud iqlimiga mos 100 milliondan ziyod nihol va ko‘chatlarni oddiy usulda mahalliylashtirish hamda yetishtirish xarajatini 20 foizgacha kamaytirish topshirildi.

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 20 gektarda tajriba-sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan o‘simliklarni yetishtirishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring