Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talabalar Butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik talabalar Butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari A. I. Yevdokimova nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Butun Rossiya stomatolog talabalar olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi, Farruh Mingboyev va Boburjon Hamidovlar esa ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Shu tariqa Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tgan uch yil ichida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashda ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi, deya xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda o‘tkazilgan olimpiadada ham 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari chempion bo‘lgan.

Joriy yilda tashkil etilgan olimpiadada MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi. Olimpiada doirasida ishtirokchilar uchun seminarlar tashkil etilib, tish kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va davolash borasidagi yangi texnologiyalar namoyish qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring