Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi

Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi

foto: xabar.uz

Yo‘l harakatini tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Unda yo‘l harakatini tashkil etishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • fuqarolar manfaatlarining ustuvorligi;
  • yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha faoliyat va tadbirlarning tizimliligi;
  • ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;
  • piyoda va velosiped harakatlanishi uchun sharoit yaratish;
  • ochiq va jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor etish.

Ushbu qonun asosida «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, jumladan quyidagilarni belgilash nazarda tutilgan:

  • Haydovchilik huquqini olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati;
  • Haydovchilik huquqini olgandan keyin transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati.

«Ko‘rib turganimizdek, bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi. Albatta mas’uliyat oshishi haydovchilar bilan bir qatorda nazorat qiluvchi organlarning xodimlarida ham parallel ravishda kechmog‘i lozim», – deya qo‘shimcha qilgan deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring