Buloqboshida yoshlar festivali o‘tkazildi (foto)
Buloqboshi tumanidagi Yuksalish mahallasida «Mahalla yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi. AKT vazirining o‘rinbosari D.Rustamov va to‘rtta sektor rahbari tadbirda qatnashdi.
Vatanparvarlik, kitobxonlik, kibersport, musiqa, rassomchilik va sportning bir qator turlari bo‘yicha tashkil etilgan tadbirlarda yoshlar va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Tadbir yakunida g‘oliblar taqdirlandi.
Vazirlikning hududiy boshqarmasi va soha korxonalari Buloqboshi tumanidagi 37 ta mahallada o‘tkazilgan xatlov natijalarida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan yoshlarga axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishlari hamda o‘z uylaridan turib onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish maqsadida ularning optik tolali internet xizmatlariga ulanish bilan bog‘liq barcha xarajatlari va muammolari hal etilmoqda. Tumandagi mahallalarda ishlar reja asosida davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter