Buloqboshida yana bir gaz qudug‘i ishga tushirildi
«Andijonneft» AJ tomonidan «Uchtepa neft va gaz koni»da qazib olinayotgan gaz miqdori oshirilib, bugungi kunda nafaqat tuman aholisiga, balki «O‘ztransgaz»AJ magistral liniyalari orqali boshqa hududlarga yetkazib berilmoqda, deb xabar berdi «O‘ztransgaz»AJ matubot xizmati.
Joriy yilning 26 dekabr kuni «Andijonneft» AJ tomonidan Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Uchtepa qishlog‘ida joylashgan «Uchtepa neft va gaz koni»ning 13-sonli gaz qudug‘i ham ishga qo‘shilib, undan sanoat miqyosida gaz olishga erishildi.
Quduqdan gaz qazib olishning kunlik hajmi 100-110 ming kubni tashkil qilmoqda.
Ushbu quduqdan olinayotgan gaz ham «O‘ztransgaz»AJning magistral liniyalari orqali boshqa hudud aholisiga yetkaziladi.
Aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida «Andijonneft» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari yana yangi gaz o‘choqlarida qidiruv ishlarini hamda qazib olinayotgan gaz hajmini yanada oshirishga erishish uchun izlanishlarda davom etmoqda.
Ma’lumot berilishicha, ayni paytda Buloqboshi hududiga berilayotgan gaz miqdorining bir kunlik hajmi 270 ming kubni tashkil qiladi.
«Uchtepa neft va gaz koni»dan olinayotgan gaz miqdori yuqori bo‘lganligi sababli, qo‘shimcha 200–230 ming kub hajmdagi gaz «O‘ztransgaz» AJ magistral liniyasiga uzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter