Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bular san’atkormi yo masxarabozmi?

Bular san’atkormi yo masxarabozmi?

Foto: «TryToGuide.me»

To‘ylar haqida turli-tuman fikrlar, tortishuvlar bo‘layotir. Nima qilsayam kamxarj va dabdabasiz to‘y-marosimlar o‘tkazish borasida ming xil fikrlar bildirilayotgan bir paytda san’atkorlarga ham nimadir degimiz keldi.

Ma’lumki, Toshkent shahrida o‘tadigan ko‘p to‘ylarda kamida 4 ta qo‘shiqchi keladi. Albatta, hammasi necha pulga kelishini qiziqib so‘ramaysiz, ammo bir qiziqib so‘rasangiz kamida ikki qog‘oz (200 dollar) deyishadi. Kattaroq artist kelsa 1500-2000 dollardan ko‘p olishi oddiy hol bo‘lib qoldi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: ular qo‘shiqlarni jonli ijro etayaptimi?

To‘ylarda aytilayotgan qo‘shiqlarning jonli ijrosi haqida o‘tkazgan so‘rovimizda 85 foiz odam qo‘shiqlar fonogramma orqali ijro etilishini ta’kidladi. Mana sizga masxarabozlik!.. Fonogramma qo‘yilishini-ku aksar odamlar juda yaxshi bilib qolgan, ammo shunchaki og‘zini qimirlatib turishga hurmatli san’atkorlarimizning vijdoni qiynalmasmikan, shunisiga o‘ylanaman. Albatta, to‘ymi yoki bayrammi — jonli ijro etadigan san’atkorlarimiz bor, lekin juda kam.

Ba’zi xonandalarning miyasida chirib ketgan bir fikr bor: qo‘shiq o‘zingniki bo‘lsa fonogrammada ijro etsa bo‘ladi. Jonli ijrosini televizor yoki radio, o‘zi chiqargan disklardagidek ayta olmasa uning nimasi xonanda? Axir to‘y egasi qo‘shiqlarni jonli ijroda eshitamiz deb chaqirmaydimi?

Abduqodir Mo‘minov,
jurnalist

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring