Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyalik taniqli qo‘shiqchi sahnada jon berdi (video)

Braziliyalik taniqli qo‘shiqchi sahnada jon berdi (video)

Braziliyalik qo‘shiqchi Pedro Enrike oilasida fojia yuz berdi. 30 yoshli qo‘shiqchi ijro vaqtida sahnada vafot etdi. U yurak xurujiga uchragan.

Fojiadan sal oldin Pedro sahnada hazil qiladi. Shunday bo‘ldiki, uning so‘zlari ma’lum darajada bashoratli bo‘lib chiqdi. «Charchadim, charchadim... Shu uchun men shon-shuhratni xohlaymanmi? Men charchadim», - deydi u.

Pedro sahnaga yiqilganidan so‘ng, muxlislari unga yordamga shoshilishgan va qo‘shiqchi darhol shifoxonaga yetkazilgan. Ammo, tibbiyot xodimlari uning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring