Bugun yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda? Gidrometeorologiya ma’lumoti

14-iyunda kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 31-36° gacha isiydi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-34° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.
14-iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter