Bugun ob-havo sharoiti biroz o‘zgaradi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter