Bugun ham kuchli jazirama davom etadimi?

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 38-43° atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45° gacha saqlanib turadi.
Poytaxtimizda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati 39-41° ga yetadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30-35° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter