Bugun ayrim hududlarda tumanli ob-havo kuzatiladi

Gidrometeorologiya xizmati bugun, 6-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi (baland tog‘larda yomg‘ir, qor), kechga tamon ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter